Wednesday, February 12, 2014

Smartfoningizning batareykasini zaryadi tugashining 5 ta sababi.


Ohirgi 10 yilda mobil telefonlar aql bovar qilmaydigan darajada tez rivojlanib boryapti.
Biz ushbu qo’limizdagi mittigina qurilmani bajaradigan ishlarini10-20 yil oldin umuman hayolimiz ham keltirmaganmiz. Shu darajada tez rivojlanib o’sib kelmoqda. Inson qilayotgan ishlari smartfonlar yordamida avtomatlashib bormoqda. Ko’rib turibmizki hozir ko’cha ko’yda har 10 ta odamning 7-8 tasining qo’lida smart telefonlardir. Yonimizdagilarga va o’zimizga e’tibor beradigan bo’lsak mobil telefonlarni qo’limizdan qo’ymaymiz va bizning telefnimizning batareykasi juda kam vaqtda tugab qolyapti. Ho’sh bunga nima sabab, qanday qilib batareykamizning zaryadini tejashimiz mumkin?


1.TEKIN (Free app) dasturlardan ehtiyot bo’ling.
Agar siz tekin dasturlarni o’rnatadigan bo’lsangiz ham sizning baterykangiz tez tugab qolishiga sabab bo’ladi. Chunki tekin dasturlar , yani bunga ko’pincha o’yinlar, odamlar ko’p ishlatadigan dasturlar, va hakozolar , bularni tekin bo’lishiga boshqa sabab bor.
Bu tekin dasturlardan, ushbu dasturning egalariga juda katta foyda bor, nimadan foyda bo’lishi mumkin dey o’ylashingiz mumkin?
Foyda shuki etibor bergan bo’lsangiz tekin dasturlarni ishga tushirishingiz bilanoq pastdan, tepadan yon taraflardan kichkinagina reklamachalar paydo bo’ladi.

Bu reklamalar sizning internetingiz yoqilgan bo’lsa avtomat chiqib turaveradi, agar internetni o’chirsangiz chiqmaydi.
Bu reklamalar sizning internet trafigingizni ketqizib quyadi, chunki avtomat ravishda reklamani telefoningizga yuklaydi, demak sizni internetingiz ishladimi sizning batareykangiz ham tugashni boshlaydi.
O’shanchun imkoningiz bo’lsa pullik dasturlarni olishni tavsiya qilamiz. Pullik dasturlar bunaqa (ads) reklamalardan holidirlar.

Biror dasturni ishlatib bo’ganingizdan keyin uni albatta uni task managerdan (task manager ni o’zbekchasini topolmadim) o’chirib tashlang, chunki siz dasturdan chiqib ketdim deb o’ylaysiz lekin u oddiy qilib aytganda orqa fonda ishlab turaveradi.

Antenna.
Oddiy qilib aytganda antenna yo’q joylarda telefoningizni batareykasi juda tez ketadi, chunki telefon signalni qidirib turadi, qayerda signal bo’lsa antenna shunga qarab chiqad,signal qanchalik kam bo’lsa batareyka shuncha ko’p ketadi. Iloji boricha siz yashab turgan joyda qaysi mobil operatorning antennasi yaxshi bo’lsa ushani ishlating. Antenna kam bolgan joylarda telefningizni o’chirib qo’ying.
Buni shaxsan o’zim juda ko’p sinab ko’rganman.
Man Toshkentdan Xorazmga ketayotganimda “Qizilqum” cho’lidan o’tamiz, u cho’lda antenna yuq, signal ham yuq, har zamonda antenna bitta bitta ko’rinib ketadi.
Agar telefoningizni yoqib qo’ysangiz telefoningizni zaryadi juda ham tez tugab qoladi o’sha cho’lda :). Shaxsan man cho’ldan o’tayotganimda telefonimni o’chirib qo’yaman yoki “Pilot” rejimga solib qo’yaman.

GPS
GPS ni o’chirib quying, Agar GPS ni ishlatmasangiz o’chirib quyganingiz maqul, bu ham juda tez batareykangizni zaryadi tugashiga olib keladi.

Etiborli bo’ling
Qo’lingizdagi telefoningizni etiborli bo’lib ishlating. Agar qo’lingizda yuqori sifatli mobil telefon bo’lsa, demak siz katta bo’lmagan lekin juda zo’r kompyuterni ko’tarib yuribsiz. Telefonga ham ozuqa kerak, unga ovqat berib turish kerak. Bo’lmagur narsalarga telefoningizni ishlatib zaryadini tugatib tashlamang. O’zingizga kerakli, foydali bo’lsa ishlating, qolganlaridan voz keching, bu sogliqqa ham cho’ntagizga ham va boshqa ko’p narsalarga juda foyda.

Imloviy hatolar uchun uzr.


Sardor Dushamov
dsq2190@gmail.com

No comments:

Post a Comment

Yii2 frameworkda frontend va backend sozlanmalarini sozlash(Apache)

Yii2 framework 2 xil template mavjud; Bularni yaxshi bilsangiz kerak, bular basic va advanced; Bularni farqlarini quyidagi rasm orqali bil...