JAVA DASTURLASH TILI - "Hello World!"

Assalomu alaykum!
Hurmatli blogimga tashrif buyuruvchilar!
Sizlar uchun o'ylab o'ylab foydasi tegib qolar degan maqsadda JAVA dasturlash tilida dasturlash haqida maqolalar yozib turishni niyat qildim.Dasturlashni o'rganishni endi boshlayotganlarga foydasi tegib qolar...
 Bu 1- darsimiz , ko'pchilik dasturchilar dasturlashni o'rganish boshlaganda eng birinchi dasturining nomi "Hello world!" deb nom qo'yishadi, biz ham an anaga sodiq qolgan holda ushbu darsimizni "Hello world!" dasturini tuzishni o'rganish bilan boshlaymiz.

Java dasturlash tilida dastur yozishimiz uchun bizga NotePad yoki Eclipse, IntellIJ IDEA, bularni birortasi sizda bo'lmasa, Bloknot dasturi yordamida ham yozish mumkin.
 Bloknot dasturni ochamiz va ichiga quyidagi kodni yozamiz:
 
public class HelloWorld {
  public static void main(String[] args) {
    System.out.println("Hello World");
  }
}
Yozib bo'lganimizdan keyin buni biror fayl katalogiga saqlaymiz, fayni nomini "HelloWorld" deb qo'yamiz, chunki, fayl nomi class nomi bilan bir hil bo'lishi kerak. Fayl kengaytmasi ".java" qilib saqylaymi, va bizda quyidagi kurinishda fayl hosil bo'ladi: HelloWorld.java
Endi biz yaratgan dasturimizni compilyatsiya(o'zbekchada tarjimasini topa olmadim) qilamiz, yani ishga tushiramiz.
Qanday qilib ishga tushiramiz?
"Пуск"->"Выполнить" ga cmd deb yozamiz, yoki oddiygina "Windows+R" ni bosib cmd deb yozib Enter tugmasini bosamiz.

Yaratgan faylimizni qayerga saqlagan bo'lsak o'sha joyga cd comandasi bilan kirib boramiz, masalan man C diskda "temp" degan papkani ichiga "java" nomli papka yaratib, shu papkani ichiga boyagi faylimizni saqlaganman.
Dasturimizni ishga tushirish uchun biz quyidagi komandani yozishimiz kerak:
javac HelloWorld.java 
javac komandasidan keyin biz yaratgan fayl nomiz yozishli kerak.
Bu komanda bizni dasturimizni compilyatsiya qilib beradi, yani biror joyida hatolar bo'lsa o'sha hatolarni bizga elon qilib beradi, agar dasturda hatolar bo'lsa dasturimiz ishga tushmaydi.
Hechqanday hato chiqmasa demak dasturimiz togri yozilgan va ishlaydi.
Dasturni ishga tushirishimiz uchun quyidagi komandani berishimiz kerak:
java HelloWorld
 java komandasi bilan biz dasturimizni ishga tushirishimiz mumkin.
Rasmda ko'rib turganingizdek "Hello World" degan yozuv paydo bo'ldi, bu bizning Java dasturlash tilidagi birinchi yaratgan dasturimiz edi.

Savollar bo'lsa
 e-mail: dsq2190@gmail.com, dsq2190@mail.ru

Yii2 frameworkda frontend va backend sozlanmalarini sozlash(Apache)

Yii2 framework 2 xil template mavjud; Bularni yaxshi bilsangiz kerak, bular basic va advanced; Bularni farqlarini quyidagi rasm orqali bil...