HTML darslari 1-dars.


Web sayt yaratishni o'rganishni hohlovchilar uchun HTML darslarini qo'yib borishni niyat qilgan edik.
Html yordamida siz web sayt yaratishingiz mumkin.
Ushbu darslarda siz HTML da sayt yaratishni oson o'rganishingiz mumkin
HTML — bu juda oson, Siz albatta o'rganasiz!



Darsni boshlaymiz.

Internetning WWW hizmati asosan web-sahifalarga bog`liq ekan, ular qanday yaratiladi? degan savol tug`ulishi tabiiy. HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) — bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til. Web-sahifalar HTML tilida yoziladi. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari "<" va ">" belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi.

Demak, HTML — oddiy matn muharririda deskriptorlardan foydalanib yoziladigan til. HTML-hujjat deskriptorlar qo`llanilgan HTML matnli fayl bo`lib, u web-sahifani tashkil etadi. HTML-hujjat fayli nomining kengaytmasi «html» bo`ladi, ayrim hollarda «htm» ko`rinishida ham saqlanishi mumkin. HTML-hujjatni web-brouzerlar yordamida hotiraga yuklansa, u ekranga web-sahifa ko`rinishida chiqadi.

HTML tili (muntazam) muttasil rivojlanib bormoqda. O`z navbatida web-brouzerlar ham yangilanib turilibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML.4 tilidan foydalaniladi. Uning ba`zi buyruqlarini eski web-brouzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli web-brouzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli web-brouzerlarda bir oz farq bilan aks etishi mumkin.

Keling oddiygina misol ko'ramiz:

<html>
<body>
    <h1>Salom Dunyo! </h1>
    <h1>Mening birinchi web sahifam. </h1>
    <p>Mening birinchi paragrafim.</p>
</body>
</html>

Ushbu sayt orqali o'zingiz ham yozib natijani ko'rishingiz mumkin: htmledit.squarefree.com/

HTML da asosan teg lardan foydalaniladi.
<html></html> — asosiy teg bo'lib qolgan teglar ushbu teg ning ichida yoziladi.
<body></body> — bu sahifamizning tana qismi
<p></p> — paragraf yozish uchun
Ko'rib turganingizdek har bir teg <> yordamida ochilib, </> bilan yopiladi.

HTML ni o'rganish uchun Bloknot dasturidan foydalansangiz ham bo'ladi. Yoki NotePad++, va shunga o'xshash redaktorlarni ham ishlatsangiz bo'ladi

Yuqoridagi kodni bloknot ochib ichiga tashlab biror papkaga o'zingiz hohlagan nom bilan saqlaymiz, masalan index.html.
Keyin usha fayni browser yordamida ochamiz, va quyidagicha oynani ko'rishingiz mumkin:



Bu birinchi darsimiz, Hudo hohlasa keyingi darslar ham tayyor bo'lib qoladi, Opennet.uz ni kuzatib boring.

No comments:

Post a Comment

Yii2 frameworkda frontend va backend sozlanmalarini sozlash(Apache)

Yii2 framework 2 xil template mavjud; Bularni yaxshi bilsangiz kerak, bular basic va advanced; Bularni farqlarini quyidagi rasm orqali bil...