Wednesday, February 5, 2014

MASTER KLASS : Google docs bilan har doim birga! (1-qism)


Assalomu alaykum hurmatli o’quvchilar!!!

Ushbu maqola men deyarli har kuni ishlatadigan GOOGLE DOCS haqida.
Google kompaniyasining ushbu servislaridan juda ko’pchilik bu haqda eshitgan, va foydalangan va foydalanib kelmoqda. Google kompaniyasi internetdan foydalanuvchilar uchun juda ko’p servislarni yo’lga qo’yishgan. Bugun o’sha servislaridan biri bo’lmish GOOGLE DOCS haqida sizlarga MASTER KLASS ko’rsatmoqchiman :).




Google kompaniyasi o’zining foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida har bir foydalanuvchiga 15 GB joy ajratgan.
Foydalanuvchi ushbu joyga o’zining kerakli bo’lgan fayllarini saqlab qo’yishi mumkin.
Bu fayllarni o’zingizdan boshqa hech kim ko’ra olmaydi(agar sizdan boshqa parolingizni hechkim bilmasa), va ularni o’chirib tashlay olmaydi.
Chunki google HTTPS protokoli bilan ishlaydi.


Hammasini o’zingiz amalda qilib ko’rsangiz bunga ishonchingiz komli bo’ladi.
Agar siz google.com dan ro’yhatdan o’tmagan bo’lsangiz, keling ishni o’shandan boshlasak.


https://google.com saytiga kiramiz, va ushbu ko’rinishdagi sahifa ochiladi

 




Agar siz oldin ro’yhatdan o’tgan bo’lsangiz o’zingizni login va parolingiz ni yozib kirishingiz mumkin. Agar siz oldin ro’yhatdan o’tmagan bo’lsangiz Create an account ni bosing. Quyidagi ko’rinishda sahifa ochiladi




Ro’yhatdan o’tganingizdan keyin quyidagi ko’rinishda safiha ochiladi:




Mana qarabsizki siz ham google ga a’zo  bo’ldingiz, endi siz bemalol google ning servislaridan foydalanishingiz mumkin.


Google ning servislarini qayerdan topaman yoki qayerdan ko’rishim mumkin degan savol sizda paydo bo’lgan bo’lishi mumkin.
O’ng taraf tepada qizil halqani ichidagi tugmachani bosing va quyidagi kurnishda sahifa paydo bo’ladi:

Bu rasmda eng kerakli servislar ro’yhati chiqadi, agar batafsil bilmoqchi bo’lsangiz ushbu linkni o’qib chiqing  Category:Google services




Bu yerdan “Drive” ni bosamiz.


Bu sizning google dagi 15Gb lik joyingiz. Endi siz hohlagan narsangizni shu joyga saqlab quysangiz buladi.


Misol uchun:
Hujjatlar
Video
Musiqa
Har hil programmalar
Arxivlangan fayllar va hakozolarni saqlashingiz mumkin, kompyuteringda nima saqlasangiz shu joyda ham saqlashingiz mumkin. Bu joy sizning kompyuteringizga nisbatan havfsizroq :).
Qanday qilib siz o’zingizni fayllaringizni google drive ga joylab quyishingiz mumkin?
Buning uchun   tepaga qaraga strelkani bosib o’zingizni faylingizni ko’rsatishingiz kerak. Sizni faylingizni yukab bo’lgan usha fayl https://drive.google.com  da paydo bo’ladi, bu faylni faqat va faqat siz ko’ra olasiz va undan foydalana olasiz!


Demak biz google drive bilan ishlash buyicha ozgina bo’lsada malumotga ega bo’ldik, endi google docs bilan ishlashni ko’rib chiqamiz.


Endi  CREATE ni bosamiz:

 

- bu oddiy qilib aytadigan bo’lsak “papka”, ayni siz yangi papka yaratishingiz mumkin
 - Hujjat yaratish oddiy tushuntiradigan bo’lsak kompyuterimizdagi Microsoft WORD programmasi bilan alternativ ishlaydi
- Siz yaxshi biladigan Microsoft  Power Point dasturi bilan bir hil ishlaydi
- Buhgalterlar uchun juda foydali Excel dasturi bilan bir hil ishlaydi - Bu bolajonlar yaxshi ko’radigan Paint dasturiga uxshab ishlaydi



Keling “Papka” yaratishdan boshlasak.
Folder tugmasini bosamiz va papkamizni nomini kiritamiz, “Create” ni bossak shu bilan bizning papkamiz yaratiladi.


“Document” qismi bilan ishlash, bu huddi kompyuterimizdagi WORD ga uxshab ishlaydi.
Juda ham qulay , online tarzda ishlay olasiz, mobodo svet o’chib qolsa asabiylashib siqilishga hojat yuq, chunki bitta simvol yozsangiz ham tezda sizning dokumentingizni saqlab quyadi.
Faraz qiling kompyuterda diplom ishi yozib o’tiribsiz, saqlashni unutdingiz, birdan svet o’chdi, yoki kompyuteringiz buzilib qoldi, qarabsizki sizning yozgan diplomingiz PISHDI!!! :).


Biror document yaratamiz va unga nimadurlarni yozamiz test uchun:





Blogimizni kuzatib boring , tez kunlarda qolgan qismlarini ham quyaman.


Hurmat bilan Sardor Dushamov (dsq2190@gmail.com)














No comments:

Post a Comment

Yii2 frameworkda frontend va backend sozlanmalarini sozlash(Apache)

Yii2 framework 2 xil template mavjud; Bularni yaxshi bilsangiz kerak, bular basic va advanced; Bularni farqlarini quyidagi rasm orqali bil...