Tuesday, May 27, 2014

HTML darslari 3-dars. Teglar bilan ishlash(2-qism)


Assalomu alaykum Hurmatli o'quvchilar!
HTML ni o'rganishda davom etamiz, ushbu darsimizda oldingi darsimizda boshlaga teglar bilan ishlash mavzusini davom ettiramiz.


HTML da matnlarni formatlash teglari
<b>
— bold
<i>
— kursiv
<code>
— kod
<strong>
-qalin
<small>
-kichkina
<ins>
— insert, ya'ni tagiga chizilgan
<del>
— o'chirilgan matn, yani ustiga chizilgan matn
<sup>
— matnni yuqori qismidan
<sub>
— matnni pastki qismidan
<pre>
— matnni o'z holicha

Ming bor eshitgandan, bir marta amalda qilib ko'rgan yaxshi.
Misol:
<html>
<body>

    <p><b>Bu Bold matn</b></p>
    <p><strong>Bu strong matn</strong></p>
    <p><i>Bu qiyshaygan</i></p>
    <p><ins>Kiritilgan matn</ins></p>
    <p><del>O"chirilgan matn</del></p>
    <p>kod ko'rinishidagi matn</p>
    <p>Matnni<sub> pastki qismida</sub> va <sup>tepa qismida</sup></p>
</body>
</html>


Ushbu kodni o'zingiz ham yozib tekshirib ko'ring. htmledit.squarefree.com

HTMLda linklar bilan ishlash
Oldingi darslarimizda linklar haqida qisqacha aytib o'tganmiz, bugun shuni batafsilroq o'rganib chiqamiz.
Bilamiz link hosil qilish uchun
<a>
tegidan foydalanamiz
Misol:
<a href="http://www.opennet.uz/">Opennet.uz</a>

href
— bu
<a>
tegining atributi hisoblanadi, va unga biror yo'l, ya'ni url beriladi, ushbu misolimizda link hosil bo'ladi va uni bosganimizda www.opennet.uz/ ushbu saytga ochib beradi.
Agar siz ushbu link bosilganda browserda yangi oynada ochilishi hohlasangiz quyidagicha yozishingiz kerak:
<a href="http://www.opennet.uz/" target="_blank">Opennet.uz</a>


— bu teg bizga Microsoft WORD dasturidagi «Enter» vazifasini bajaradi, ya'ni kursorni bir qator pastga tushiradi.

Linklar orqali siz web sahifangizga bookmark(hatcho'p) larni ham qo'yishingiz mumkin. tassavvur qiling sizda 100 varoqli matn bor, uni o'qimoqchisiz, 54 — betga keldingiz va shu yerga kelganligizni belgilab qo'ymoqchisiz, manashunaqa vaziyatlarda va shunga o'xshash vaziyatlarda ishlatiladi.

<a id="dars1">1-dars bo'limi</a> <a href="#dars1">1-dars bo'limiga o'tish uchun ushbu linkni bosing</a>


Bu yerda unchalik tushunarli bo'lmasligi mumkin, ushbu kodni olib o'zingizda ishlatib ko'rsangiz tez tushuna olasiz. Kodni ko'chirib olish Ushbu faylda bugun darsda o'tganlarimizni barchasi mavjud.

HTML darslari 1-dars
HTML darslari 2-dars. Teglar bilan ishlash

No comments:

Post a Comment

Yii2 frameworkda frontend va backend sozlanmalarini sozlash(Apache)

Yii2 framework 2 xil template mavjud; Bularni yaxshi bilsangiz kerak, bular basic va advanced; Bularni farqlarini quyidagi rasm orqali bil...