Qanday qilib kompyuteringizning doimiy xotirasini (vintni) bo'laklarga ajratish mumkin?
Yoki sizning doimiy xotira qurilmangiz 3 4 ta bo'laklarga ajratilgan oddiy qilib aytganda, sizning kompyuteringizda C, D, E, H, G, ... disklar mavjud, siz shularni bir biriga qo'shmoqchisi? Buni qanday amalga oshirish mumkin?
Bu maqolani yozishimga sabab meni tanishlarim mendan kompyuterimda faqat bitta C disk bor, boshqa disk yo'q , usha diskni 2 ta diskka qanday qilib ajratsa bo'ladi deb so'rashadi.
2 ta bo'lakka ajratganda shunday ajratish kerakki C diskdagi malumotlar o'chib ketmaslikigi kerak.
Bu ishni amalga oshirish uchun bizga maxsus dasturlar zarur bo'ladi.
Hozir o'sha dasturlardan bittasidan foydalanib ko'rsatib berishga harakat qilaman.
Bu Dasturning nomi EASEUS Partition Master Home Edition .
Bunga o'xshash boshqa dasturlar ham mavjud, ular pullik bo'lgani uchun sizlarga tekin dasturlardan foydalanib ko'rsatyapman. :)
Ushbu dasturni ko'chirib olamiz.
Dasturni ko'chirib olish
TAS-IX dan ko'chirish
Kompyuterimizga ushbu dasturni o'rnatib bo'lganimizdan keyin ishga tushiramiz.
Partition Manager ni tanlaymiz
Ko'rib turganimizdek kompyuterimizdagi hamma razdellarni ko'rsatyapti
Meni kompyuterimda 5 ta bo'lak mavjud ekan, agar sizda 1 ta bo'lak yani faqat C disk mavjud bo'lsa o'sha diskni sichqoncha bilan tanlab, chap tarafdan "Resize/Move partition" ni bosamiz.
Quyidagicha oyna hosil bo'lganidan keying o'ng tarafdagi dumaloqni sichqoncha bilan ushlab suramiz, ushbu dastur sizning bo'sh joyingizni o'zi avtomat aniqlab yangi razdelning hajmini siz surganizga qarab hisoblab beradi .
Yangi razdelning hajmini ko'rsatgandan keyin "OK" tugmasini bossak bo'ldi, yangi razdel paydo bo'ladi.
Ushbu dasturdan foydalanganda ehtiyot bo'lishingizni maslahat beraman, chunki bilmasdan , tushunmasdan biror notogri ish qilib qo'ysangiz sizning barcha ma'lumotlaringiz o'chib ketishi mumkin.
Shuning uchun oldin barcha malumotlaringizdan backup yani nusha olib qo'yishni maslahat beraman.
TAS-IX dan ko'chirish
Sardor Dushamov
e-mail: dsq2190@gmail.com
No comments:
Post a Comment