Ubuntu sistemasini kompyuterga o'rnatish juda ham oson.
Windows OS ni o'rnatishga nisbatan kam vaqt oladi. Uzogi 15 minutda kompyuteringizga o'rnatiladi.
Qadamma qadam tushintirishga harakat qilaman.
Ubuntuni DVD yoki CD disk orqali o'rnatmoqchi bo'lsangiz, diskni kompyuterning disk o'qiydigan joyiga qo'yamiz va kompyuterga qayta yuklash (restart - yani kompyuterni o'chirib yoqamiz) komandasini beramiz.
Diskni o'qitib olganimizdan keyin
Ushbu oyna chiqadi, bu yerdan siz "Try Ubuntu" ni tanlasangiz ushbu sistemadan foydalanib ko'rishingizga imkon yaratiladi.
"Install Ubuntu" ni tanlaymiz va o'rnatishni davom ettiramiz
Ushbu ko'rinishdagi darcha chiqqani "Download updates while installing" va eng pastidagi "Install this third-party software" dagi belgi(prichkani)ni olib tashlang.
Olib tashlamasangiz 1 kunda ham o'rnatib tugata olmaysiz chunki, hamma package larni ko'chirib olishni boshlagan buladi.
Ushbu darchadan biz "I don't want to connect to a wi - fi network right now" deganni tanlaymiz.
Ushbu darcha paydo bo'lganida biz "Something else" ni tanlaymiz
Buyogiga sal ehtiyot bo'lishingizni maslahat berardim, chunki hato qilib qo'ysangiz kompyuteringizdagi barcha malumotlaringiz o'chib ketishi mumkin.
Tepadagi rasmda kompyuter hotirasi bo'm bo'sh bo'lgan xotirani ko'rib turibmiz
Agar sizda Windows XP/Vista/7/8 o'rnatilgan bo'lsa boshqacharoq bo'ladi.
"New Partition Table" ni bosamiz va quyidagicha darcha hosil bo'ladi.
Ushbu ko'rinishda biz Ubuntu sistemasini o'rnatish uchun joy(razdel) ajratib olamiz.
"Continue" ni bosamiz.
To'ldirilishi kerak bo'lgan joylarni to'ldiramiz.
"London" deb yozilganni o'rniga o'zimning mamlakat nomini yozamiz, yani "Uzbekistan"
Qarabsizki 10 - 15 minutda kompyuteringizda Ubuntu sistemasi. Join!
Agarda o'zingiz uddalay olmagan bo'lsangiz biz bilan boglanishingiz mumkin
Muallif: Sardor Dushamov
Tel: +99890 995 11 55
e-mail: dsq2190@gmail.com, dsq2190@mail.ru
Davomi qani? Read more ni bossam chiqmayapti
ReplyDelete