Tuesday, March 12, 2013

Turli davlatlarda Linux distributivlariga bo’lgan qiziqish darajasi

Royal Pingdom blogida dunyoning turli davlatlaridagi Linux distributivlariga qiziqish darajasini o’zida ifodalaovchi tahliliy maqola taqdim qilindi. Tahlil uchun asosiy qurol sifatida Google xizmatlaridan foydalanilgan. Yani, Google yordamida distributiv haqida ma’lumot qanchalik ko’p qidirilgan bo’lsa, demak o’sha distributiv eng mashxur degan tamoyil asosida tahlil o’tkazilgan. Tahlil uchun 8 ta eng ko’p ishlatiladigan distributivlar tanlab olingan: UbuntuOpenSUSEFedora,DebianRed HatMandrivaSlackware va Gentoo.



Dunyoning turli davlatlarida Linux  operatsion tizimiga bo’lgan umumiy qiziqish quyidagi grafikda aks etgan:


Grafikdan ham ko’rinib turibdiki, Rossiya, Hindiston va Kuba Linux haqida ma’lumot qidirish bo’yicha eng faol davlatlar hisoblanishar ekan.
Distributivlarga bo’lgan qiziqish bo’yicha tahlil natijalari esa quyidagicha:
OpenSUSE
  1. Rossiya
  2. Chexiya
  3. Moldova
  4. Germaniya
  5. Indoneziya
Gentoo
  1. Rossiya
  2. Chexiya
  3. Belarus
  4. Moldova
  5. Estoniya
Mandriva
  1. Rossiya
  2. Chexiya
  3. Polsha
  4. Fransiya
  5. Indoneziya
Slackware
  1. Bolgariya
  2. Indoneziya
  3. Braziliya
  4. Rossiya
  5. Polsha
Debian
  1. Kuba
  2. Chexiya
  3. Germaniya
  4. Belarus
  5. Rossiya
Red Hat
  1. Bangladesh
  2. Nepal
  3. Shri-Lanka
  4. Hindiston
  5. Kuba
Ubuntu
  1. Italiya
  2. Kuba
  3. Indoneziya
  4. Norvegiya
  5. Chexiya
Fedora
  1. Shri-Lanka
  2. Bangladesh
  3. Hindiston
  4. Nepal
  5. Zimbabve
Ingliz tilidagi maqolaning to’liq matni va qo’shimcha grafiklar bilan ushbu manzilda tanishishingiz mumkin
Ma'lumotlar http://linux.zn.uz saytidan olindi.

No comments:

Post a Comment

Yii2 frameworkda frontend va backend sozlanmalarini sozlash(Apache)

Yii2 framework 2 xil template mavjud; Bularni yaxshi bilsangiz kerak, bular basic va advanced; Bularni farqlarini quyidagi rasm orqali bil...