Assalomu alaykum.
Anchadan beri google docs bilan ishlash haqidagi maqolaning 2 - qismini yozish niyati bor edi, va nihoyat ushbu kun keldi.
Qo'ldan kelgancha, google docs bilan ishlashni rasmlar bilan tushuntirishga harakat qilaman.
Oldingi darsimizda aytib o'tganimizdek, google docs yordamida , 1 ta hujjatning ustida bir vaqtning o'zida bir nechta odam onlayn ishlash imkoniyati mavjud.
Buni qanday amalga oshiramiz?
Yuqoridagi rasmda "Share" tugmasini bosishdan boshlaymiz, Bosganimizdan keyin quyidagicha oyna chiqadi:
1 - Ushbu qismdagi linkni siz boshqalargan berishingiz mumkin, ular ham ushbu linkka kirib hujjatni ko'rishi mumkin. (Ruxsat berilgan foydalanuvchilar kirib ko'ra oladi va o'zgartira oladi)
2 - Ijtimoiy tarmoqlarga ulashishingiz ham mumkin
3 - email orqali do'slaringizga ham ko'rishga yoki o'zgartirishga huquq berishingiz mumkin
4 - "Can edit" agar shunaqa ko'rinishda turgan bo'lsa demak ushbu ruhsat berayotgan foydalanuvchi ham hujjatga o'zgartirish kirita oladi degani.
"Can view" ga o'zgartirsangiz , faqat hujjatni ko'ra oladi
"Can comment" - faqat ko'ra oladi va komment ham qoldira oladi.
Comment haqida pastda o'qiysiz .
5 - "Change" ni bosganimizda quyidagicha oyna chiqadi:
Bu oynada siz hujjaatning huquqlarini sozlashingiz mumkin.
"Public on the page" - internetdan hohlagan odam kirib o'zgartira olishi mumkin, hech qanday google account kerak emas
"Anyone with the link" - kimga ushbu hujjatning linkini bergan bo'lsangiz faqat o'shalar kirib ko'rish va o'zgartirish huquqiga ega bo'ladi.
"Specific people" - faqat ruxsat etilgan foydalanuvchilar uchun
Ushbu hujjatni kompyuteringizga ham yuklab olishingiz mumkin.
Ushbu hujjatda ishlaganizda barcha qilgan harakatlariz tarixga saqlanib qoladi.
Yani oddiy misol tariqasida tushuntiradigan bo'lsak, siz bitta hujjat ustida 3 oy ishladiz, va shu 3 oyni ichida nimalarnidir o'chirib nimalarnidir qo'shdingiz.
Kunlardan bir kun 2 oy oldin shu hujjatdan o'chirib tashlagan ma'lumotning bir qismi sizga kerak bo'lib qoldi, siz uni hech qayerdan topolmayapsiz, mana, manashunaqa vaziyatda sizga GOOGLE DOCS yordam beradi, chunki u sizning hamma qilgan harakatlarizi o'z tarixiga yozib qo'ygan bo'ladi.
Qizil doirani ichidagi "All changes saved in Drive " ni bosamiz:
O"ng tarafda har bir o'zgartirish kiritganizdagi vaqt va sana saqlanib qoladi va yana kim tomonida o'zgartirilganini ham ko'rishingiz mumkin.
Sizga kerak bo'lgan malumotni ushbu tarixdan qidirib topib uni joyiga qaytarib qo'yishingiz mumkin.
Ushbu hujjatning yana bir ajoyib hizmatlaridan biri bu, komment qoldirish, ya'ni fikr bildirish, ko'pchilik buni zametka ham deyishadi.
Kommentlarga har biriga javob ham yozish mumkin.
Kommentlarning ro'yhatini quyidagicha ko'rishingiz mumkin va usha kommentga tez o'tishingiz mumkin:
"Comments" tugmasini bossangiz hamma kommentlar ro'yhatini ko'rsatadi.
Keyingi darsimizni kutib qoling
Davomi bor...
Sardor Dushamov
dsq2190@gmail.com
+998909951155
http://totalenglish.uz
No comments:
Post a Comment